Zlatan YCHLda qanday jamoa g'alaba qozonishi mumkinligini aytdi

Mirjalol Normatov
14 fev 2019, 16:59
Zlatan Ibragimovich YCHLning ushbu mavsumidagi g'olib bo'lishi mumkin bo'lgan jamoani taxmin qildi.

"Bu mavsumda ham ushbu savol anchagina dolzarb. Barchadan ko'ra bir bosh ustun bo'lgan jamoaning o'zi yo'q. Balki, mening sobiq jamoalarimdan biri - PSJ, Manchester Yunayted, Yuventus yoki Barselona kabi jamoalardan biri mavsum g'olib bo'lar.

"Inter" musobaqadan chiqib ketdi, "Milan" esa qatnashmayapti. Umid qilamanki, ushbu jamoalardan biri turnirning sovriniga ega chiqadi", - dedi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal