Zinedin Zidan: Yuventus bilan finaldagi bahs – men uchun o'zgacha o'yin

Narzulla Saydullayev
11 may 2017, 09:02
Real ustozi Zinedin Zidan YCHL finali doirasidagi Yuventusga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Jamoamda kuchli futbolchilar yig'ilgan va finalga aynan ular tufayli finalga chiqdik. Yana hal qiluvchi o'yinda ishtirok etishimizdan xursandman.

Men aynan Yuventusda futbolchi sifatida kuchaydim. Bu buyuk klub. Yuve bilan finaldagi o'yin – men uchun o'zgacha bahs. Bu klubda hamon yuragimning bir bo'lagi qolgan.

Bizni ajoyib final kutmoqda, ikkala jamoa sovringa haqlilar. Endi tayyorgarlik ko'rib chempionat doirasidagi qolgan bahslarga e'tibor qaratamiz, – deydi Zidan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net