Zinedin Zidan "Real"dan ketdi

Aslanov Jasurbek
31 may 2018, 16:10
Bugun, 31 may kuni "Real" bazasida navbatdan tashqari matbuot-anjumani o'tkazildi.

Ushbu matbuot-anjumanini saytimiz orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

16:10. Anjumanlar zalida uni jurnalistlar kutib o'tiribdi. Hozircha murabbiy yo'q.

16:12. Zinedin Zidan "Real" prezidenti Florentino Peres bilan anjumanlar zaliga kirib keldi.

16:15. Fransiyalik mutaxassis "Qirollik klubi"ni tark etishi haqida aytdi. Jurnalistlar tomonidan savollar berila boshlandi.

16:16. Florentino Peres: "Zidanning bu qarorini kutmagandik. Uning o'rniga kim kelishi haqida o'ylanib qoldik".

16:20. Zinedin Zidan: "Men bu klubni yaxshi ko'raman. Katta tajriba olishda va orzularimni ro'yobga chiqarishda yordam bergan klub prezidentidan minnatdorman. Ammo o'zgarishlar vaqti keldi, shu sababli ketishga qaror qildim".

16:38. Matbuot-anjumani qarsaklar bilan yakunlandi. 


TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia