Zinedin Zidan: "Mourinyo haqidagi gaplar meni tashvishga solayotgani yo'q"

21 sen 2019, 20:00
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan iste'foga chiqarilishi va uning o'rniga Joze Mourinyo kelishi borasidagi mish-mishlarga reakciya ko'rsatdi.

"Matbuotni kuzatib borsam, aniq bilamanki bu yerda ko'p qolmasligimni. Hech qachon ortga chekinmaslik va so'nggi lahzaga qadar ishlashni o'rgandim. Iste'fo haqida umuman o'ylamayapman. Fikru-hayolim ertangi o'yinda "Sevilya"ni mag'lub etishga qaratilgan. Siz bu yerdasiz va har hil gaplarni aytayapsiz, o'z ishingiz yaxshi bajarmoqdasiz. "Real"da muammolar borligi to'g'risidagi suhyubatlarni nazorat qila olmaymiz. Mourinyo haqidagi gaplar meni tashvishga solayotgani yo'q. Maqsadimizga erishish maqsadida birdamlikni saqlab qolishimiz kerak", – deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: en.as.com