Zinedin Zidan: Endi har uch kunda o'yin o'tkazamiz

Narzulla Saydullayev
12 fev 2017, 09:15
Real ustozi Zinedin Zidan Osasunaga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Pamplonada o'ynash doim og'ir. Biz juda ko'p mehnat qildik. Uchrashuv tugashiga 10 daqiqa qolganida bir to'p farqi bilan oldinda bo'lsang juda xavfli holat. Bazida o'yin taqdirini hal qilishga iroda yetishmaydi.

Daniloning jarohati tufayli 3-5-2 taktikaga o'tdik. Biz 15 kun o'ynamadik, endi har uch kunda o'yin o'tkazamiz, – deydi Zidan.

15 fevral kuni Real 1/8 finalida Napoli bilan uchrashadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com