Zinedin Zidan: Biz hali hech narsa yutmadik, shunchaki finalga chiqdik, xolos

2 may 2018, 07:30
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Bavariya"ga qarshi javob uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

Qiyinchiliklar haqida

Bunday futbolda hammasi yaxshi tugagasa, uning go'zalligi ana shundadir. Yutqazayotgandik, so'ng 2:1 hisobida oldinga chiqib oldik. Keyin raqib gol urdi, hammasi o'zgarib ketdi. Ular bosim uyushtira boshladi, bizda esa muammolar boshlandi.

Pley-offdagi raqiblari haqida

Fantastik jamoaga qarshi o'ynadik. "Yuventus" ham shunday jamoa edi, PSJ ham. Top-jamoalarni chiqarib yuborganimizdan xursandmiz, ammo mashaqqatlarsiz buning iloji bo'lmasdi.

Benzema va Navas haqida

Karim uchun xursandman, u bunga munosib. Benzema natija keltirdi. Keylor ikkinchi bo'limda shunday seyvlar qildiki... Unga ish ko'p bo'ldi. Biz juda mamnunmiz.

Azoblar haqida

Bu aqldan ozdiruvchi o'yin bo'ldi, zo'r o'tdi. Futbolda azob chekishga to'g'ri keladi, ayniqsa, Chempionlar Ligasida. Finalga azoblarsiz chiqib bo'lmasdi. Bu yurakka juda foydali.

Maqsad haqida

Hozircha hech narsa yutganimiz yo'q. Biz finalga chiqdik, xolos. Qatorasiga uch marta finalga chiqish - noodatiy hol. Biroq biz uni yutishga harakat qilishimiz lozim. Kubokni himoya qilish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca