Zinchenkoning "Vulverxempton"ga transferi bekor bo'ldi

Aslanov Jasurbek
9 avg 2018
"Manchester Siti" xavbeki Aleksandr Zinchenko "Vulverxempton"ga o'tmaydi.

Oldinroq, klublar transfer borasida kelishib olishgan edi. "Manchester Siti" 21 yoshli futbolchini 16 mln. funtga sotayotgan edi, ammo xavbekning o'zi "Siti"ni tark etishni istamadi.

Bugun Zinchenko "Vulverxempton"da tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi, ammo u Manchesterda qoldi va "shaharliklar" safida asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports