Zinchenko "Manchester Siti"dan yangi taklif oldi

12 iyun 2019, 21:40
Ukrainalik yarim himoyachi Aleksandr Zinchenko "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

The Telegraph nashrining ma'lumotiga ko'ra, unga 5 yilllik yangi shartnoma taklif etilgan. 

O'tgan mavsum Zinchenko ustozi Pep Gvardiola boshqaruvida chap qanot poziciyasida harakat qildi. Bu qanotda uning raqobatchilari angliyalik Fabian Delf va fransiyalik Benjamin Mendi hisoblanishadi. 

Qayd etish kerak, Zinchenko ortda qolgan mavsum "Manchester Siti" tarkibida 14 ta o'yin o'tkazdi va 3 ta golli assist muallifiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: telegraph.co.uk