Zilzila tufayli Turkiyadagi barcha sport tadbirlari to'xtatildi

Оқил Абдубарноев
6 fev 2023, 19:10
Turkiya zilzila sababli barcha sport tadbirlarini to'xtatdi.

Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapoglu sport tadbirlarining keyingi qarorga qadar to'xtatilishini qo'shimcha qildi.

Xususan, Turkiya chempionatining bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan “Umraniespor” – “Adana Demirspor”, “Giresunspor” – “Kayserispor” va “Fenerbaxche” – “Konyaspor” uchrashuvlari bekor qilindi. Shuningdek, voleybol, qo'l to'pi, og'ir atletika va boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilmaydi.

Eslatib o'tamiz, Turkiyaning janubi-sharqida 6 fevralga o'tar kechasi 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi va bu mamlakatda 1939 yildan beri eng kuchli tabiiy hodisa bo'ldi. Zilzila epicentri Gaziantep shahri yaqinida qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif