Zidanning "Real"i ilk bor bitta uchrashuvda to'rtta gol o'tkazib yubordi

7 fev 2020, 01:25
Madridning "Real" klubi Ispaniya kubogidagi ishtirokini chorak finalda yakunladi.

"Santyago Bernabeu"da o'tkazilgan bahsda "Real Sosedad" futbolchilari mezbonlar darvozasiga 4 bor yo'l topdi.

Zinedin Zidan boshqaruvi ostidagi "Real" ilk bor bunday natija qayd etdi. Shu paytga qadar Zidan maydonga boshlab tushgan "qaymoqranglilar" o'z darvozalaridan 4 bor gol o'tkazib yuborishmagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia