Zidanning kelajagi “Borussiya M” bilan o'yindagi natijaga bog'liq (Cadena Ser)

Eldor Akmurzayev
3 dek 2020, 21:45
“Real” Chempionlar Ligasi so'nggi turida “Borussiya M” bilan o'ynaydi.

Agar jamoa mazkur uchrashuvda g'alabaga erisholmasa, madridliklar ustozi Zinedin Zidan iste'foga chiqarilishi kutilmoqda.

“Real” 7 ochko bilan “B” guruhida Yevropa Ligasiga yo'llanma beruvchi 3-o'rinda turibdi. “Shaxtyor” ham shunday natijaga ega, peshqadam “Borussiya M”da 8 ochko bo'lsa, so'nggi pog'onadagi “Inter”da 5 ochko mavjud. 6-tur oldidan mazkur kvartetdagi barcha jamoalar keyingi bosqichga chiqish imkoniga ega.

Eslatib o'tamiz, “Real” – “Borussiya M” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 10 dekabrga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Cadena SER