Zidanga yangi hujumchi kerak emas, u Benzemaga ishonadi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2017, 00:55
Real bosh murabbiyi Zinedin Zidan yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida klubga yangi hujumchi kerak emasigini ma'lum qildi.

Klubdagilar yanvar oyida xarid qilingan hujumchi Realga yordam berishi mumkin deb hisoblashmoqda, ammo Zidan prezident Florentino Peres va bosh direktor Xose Anxel Sanchesga Karim Benzemaga ishonayotganini aytgan.

Zidanning fikricha Benzema jamoaga gollardan ko'ra ko'proq foyda keltirmoqda.

Real short-listida Mauro Ikardi (Inter), Aleksis Sanches (Arsenal), Fedor Smolov (Krasnodar) va Timo Verner (RB Leyptsig) borligi aytilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com