Zidan videoda yangi jamoasini aytib qo'ydi...mi?!

Mirjalol Normatov
1 noya 2018, 22:10
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Turinda ishlashga tayyorlanmoqda.

"Football Italia" xabariga ko'ra, fransiyalik mutaxassis "Yuventus" muxlislariga videomurojaat bilan chiqqan.

"Salom hammaga! Yaqin kunlar ichida men Krishtianuning uyiga mehmonga boraman. "Yuventus"ning qadrli muxlislari, sizlarga xabar qoldiryapman. Olg'a, "Yuve"! - degan ekan Zizu videoda.

Oldinroq uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia