Zidan: "Real"ni Varansiz tasavvur qilishni xohlamayman"

Tolibjon Qosimov
2 apr 2019, 20:11
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan himoyachi Rafael Varan bilan xayrlashmoqchi emas.

"Real"ni Varansiz tasavvur qilishni xohlamayman. Rafael jamoada o'zini yaxshi ko'rsatmoqda. Ayrimlar Varan bu yerda baxtli emasligi haqida gapirishmoqda, lekin bu shunchaki istalgan futbolchining hayotida uchraydigan navbatdagi bosqich. Varanning o'zi ham menga bu borada hech narsa demadi", - deya Zidanning so'zlarini keltirdi "Marca" nashri.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca.com