Zidan “Real” safidagi g'alabalar soni bo'yicha Visente del Boskeni ortda qoldirdi

22 iyun 2020, 09:50
“Real Madrid” La Liga 30-turi doirasida safarda “Real Sosedad” ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Bu madridliklar ustozi Zinedin Zidan uchun klub bosh murabbiyligidagi barcha musobaqalarda erishilgan 134-g'alaba bo'ldi. Natijada Zidan “Real” bilan 133 ta g'alabaga erishgan Visente del Boskeni ortda qoldirib, bu boradagi ikkinchi eng yaxshi natija egasiga aylandi.

Rekord esa “Real” sobiq ustozi Migel Munosga tegishli. Uning hisobida klub bilan birga erishilgan 357 ta g'alaba bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live