Zidan: "Real" muxlislari birinchi navbatda futbolchilar bor kuchini ishga solishini istaydi"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2017, 10:12
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning fikricha, "Qirollik klubi" muxlislari uchun futbolchilar borini berib o'ynashi lozim.

Bu haqda "Real"ning Chempionlar ligasidagi 11-g'alabasiga bag'ishlangan Enrike Ortegoning "O'nbirinchi g'alaba" kitobida yozilgan.

"Real" muxlislari birinchi navbatda futbolchilar bor kuchini ishga solishini istaydi. Ular 120% kuch sarflashlari lozim. Keyin esa g'alaba qozonishimiz yoki mag'lubiyatga uchrashimiz mumkin... "Real" mag'lubiyatdan ko'ra ko'proq g'alaba qozonayotgani haqidagi statistika bunga isbot bo'ladi. Gap g'olib-jamoa haqida ketyapti. Bu klub tarixi g'alabani anglatadi" - deydi Zidan.

"Real" Chempionlar ligasidagi 11-g'alabani 2015/16 mavsumda qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca