Zidan “Real” murabbiyi sifatida qanday natijalarga erishgandi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019, 23:21
Bir necha daqiqalar oldin fransiyalik 46 yoshli mutaxassis Zayniddin Zidan ”Real” boshqaruviga qaytganidan xabaringiz bor.

Bundan avvalroq, Zidan 2016-2018 yillarda ham “blankoslar”ni boshqargan. U jamoa bilan ketma-ket uch marta YCHL g'olibligini, ikki martadan UEFA superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati sovrinlarini hamda bir martadan LaLiga chempionligi va Ispaniya kubogi oltin medallariga ega chiqqan. Shuningdek, Zizu 2017-yilda FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'lgandi.

Umuman, Zayniddin Zidan “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi sifatida 149ta o'yinda qatnashgan. Shularning, 104tasida g'alaba qozonib, 16tasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Yana 29 uchrashuvda esa uning shogirdlari murosa yo'lini tanlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia