Zidan: "Real" bilan shartnomani uzaytirish? Nima haqida gapirayapsiz?"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2017, 14:16
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hozirgi klubi bilan shartnoma uzaytirishi haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.

Oldinroq ispan OAV "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres Zidanning ishlaridan mamnunligini va unga yangi shartnoma taklif qilishini e'lon qilgan edi.

"Real" bilan shartnoma uzaytirish? Nima haqida gapirayapsiz?" - deydi Zidan.

Zidan 2015/16 mavsumda "Real" ustoziga aylandi va hozirgacha klub bilan ketma-ket ikki marotaba Chempionlar ligasini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cope