

Oldinroq ispan OAVda "Real" Zidan bilan 2020 yilgacha mo'ljallangan kelishuvni imzolagani e'lon qilingan edi. 45 yoshli mutaxassisning yillik 4,35 mln. evro maoshi endi 8 mln. evroga aylandi. Biroq bu mablag'ning qaysidir qismi shartnomada ko'zda tutilgan muvaffaqiyatlar uchun bonus sifatida to'lanadi.
"Ha, baxtliman, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Men 10 yoki 20 yilga shartnoma tuzishim mumkin, ammo qayerda ishlayotganimni bilaman. Bir yildan so'ng bu yerda bo'lmasligim mumkin.
Ishonch uchun juda xursandman. Maqsadlar doimo bir xil - barcha turnirlarda g'olib chiqish" - deydi Zidan.


