Zidan PSJda Pochettinoning o'rnini egallashi mumkin

Alisher
28 may 2021, 09:02
PSJ yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan bo'lishi mumkin.

U bunday holatda "Tottenxem"ga qaytadigan Maurisio Pochettinoning o'rnini egallaydi. PSJ yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida 2-o'rinni egalladi.

Oldinroq, Zidan "Real" bosh murabbiyligidan ketgandi. "Real" francuzning qo'l ostida o'tgan mavsum La Ligada ikkinchi o'rinni egalladi va Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar yetib bordi.

48 yoshli mutaxassis "Real" bilan 2 bor Ispaniya chempionati, 3 bor Chempionlar Ligasi va 2 martadan Ispaniya Superkubogi, UEFA Kubogi va klublar o'rtasidagi JCHni yutgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira