Zidan: "Pogbaning o'yinini yoqtiradigan faqatgina men emas"

Mirjalol Normatov
12 may 2019, 15:37
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning extimoliy transferi haqida gapirdi.

"Menga Pogbaning o'yinlari yoqadi. Umuman olganda barcha murabbiylar u kabi kuchli futbolchilarni yoqtiradi. Pogbaning o'yinini yoqtiradigan faqatgina men emas. Ammo u "Manchester Yunayted" futbolchisi. Shu boisdan hozircha transferlar borasida gapira olmayman", - dedi Zidan.

Oldinroq "Real" Pogbani 145 million evroga sotib olishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal