Zidan MYU bosh murabbiyiga aylansa, jamoaga Grizmanni olib keladi

Aslanov Jasurbek
14 sen 2018, 12:31
Zinedin Zidan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylansa, "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni o'z jamoasiga olib kelishi mumkin.

Zidan bu haqida mankunianlar rahbariyatiga ma'lum qilgan.

Oldinroq, fransiyalik mutaxassis murabbiylikka qaytmoqchi ekanligi va taklif tushsa, MYU bosh murabbiyi bo'lishga tayyorligi aytilgan edi.

Grizmann yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tishi mumkin edi, ammo u "Atletiko"da qolishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le12Sport