Zidan: "Men "Oltin to'p"ni Riberi"ga bergan bo'lardim"
Narzulla Saydullayev
11 okt 2013, 09:09
"Real" sport direktori Zinedin Zidan bu yilgi "Oltin to'p"ni hamyurti Frank Riberi ega bo'lishini istamoqda.
"Men "Oltin to'p"ni Riberiga bergan bo'lardim. U o'tgan mavsumda klubi safida katta hajmdagi ishni bajardi va uchta sovrin yutib oldi. Biroq bitta muammo bor. Bu 55ta gol urgan Messi", - deydi Zidan.