Zidan kimga ko'proq ishonayotganini oshkor qildi

Aslanov Jasurbek
15 mar 2019, 23:06
“Real” bosh murabbiyi Zayniddin Zidan uelslik futbolchi Garet Beylga umid bildirayotganini aytdi.

Avvalroq, OAV orqali Zidan Beylni sotib yubormoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.

“Barchamiz Beylning qanday futbolchi ekanligidan xabardormiz. Biz ham, shuningdek, u ham ishlashga tayyor. Beyl mavsumni qanday o'tkazayotganligi haqida gapirmoqchi emasman. Bizni kutib turgan 11ta bahs haqida o'ylayapman. Xuddi, jamoaning boshqa a'zolariga ishonganim kabi, Beylga ham umid bildiraman. Mavsumni yaxshi yakunlashimiz kerak. Hozir kim jamoadan ketishi yo ketmasligi haqida gapirishning mavridi emas. Hammasi yana boshidan boshlanmoqda va meni yangi sarguzashtlar kutmoqda.” – deydi 46 yoshli fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Zidan qaytganidan so'ng, "Real" ilk bahsini LaLiga 28 turi doirasida “Selta”ga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv 16 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC