Zidan kelasi yili murabbiylikka qaytishi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
8 avg 2025
"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan murabbiylik faoliyatiga qaytishga yaqin.

U 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Dide Deshamning o'rnini egallashi mumkin. Bunga qadar ham bu xabar ko'p yangragandi. Biroq bu safar barchasi jiddiyga o'xshamoqda.

Mahalliy jurnalist shunday yozadi: "Desham 2026 yilda iste'foga chiqariladi. Shundan keyin termani Zidan boshqaradi. Qanday baxt! Bu amalga oshadi, barchasi kelishib qo'yilgan".

Manbaning yozishicha, barchasi yaqin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe