Zidan - jurnalistlarga: "Qanday qilib Modrich formada emas deyish mumkin?"

Aslanov Jasurbek
5 apr 2017
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa yarim himoyachisi Luka Modrich yomon formada deb hisoblamaydi.

"Leganes"ga qarshi bahs oldidan o'tkazilgan matbuot-anjumanida bu borada fransiyalik mutaxassisga savol berildi.

"Qanday qilib Modrich formada emas deyish mumkin? Futbolchilar to'liq 90 daqiqa kerakli darajada o'ynab bera olishmaydi. Modrichdan havotir olayotganim yo'q. Aksincha, uning maydondagi harakatlaridan ko'nglim to'q" - deydi Zidan.

"Leganes" hamda "Qirollik klubi" o'rtasidagi bahs 5 aprel kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca