Zidan hammasini boshidan boshlashga qaror qildi

14 mar 2019, 21:20
Joriy haftada Madridning “Real” klubi bosh murabbiyligiga qaytgan fransiyalik Zinedin Ziden birinchi mashg'ulotidan keyin futbolchilarga murojaat qildi.

“O'tmishdagi barchasini unuting. Biz barchasini boshidan boshlaymiz. Kim hozir qanday holatda ekanligi muhim emas. Shu paytgacha qanday ishni amalga oshirganimizning ahamiyati yo'q. Oralaringizda hech kimga asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan va hech kim o'z joyidan mahrum bo'lgani ham yo'q. Biz yaqin oylarni klub va muxlislar uchun foydali o'tkazishimiz lozim”, deya Zidanning nutqidan iqtibos keltirmoqda AS.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS