
"Futbolchilik paytimda Anchelotti, del Boske, Lippi va Jake kabi mutaxassislardan o'rganganman. Bugun esa Mourinyo va Gvardiolani kuzatyapman. Futbolchi bo'lishdan ko'ra, murabbiylik qilish qiyin ekan. Senda xar kuni ko'plab savol va muammolar bo'ladi. Shunday vaqtlarda to'g'ri qarorni topa olmay qolasan. "Bavariya"ning o'yini meni quvontiryapti. Jamoa avvallari ham yaxshi o'ynagan, ammo bu klub Gvardiola qo'l ostida futbol cho'qqisini zabt etdi. Gvardiola jamoaga qo'shimcha turtki berdi" - deydi Zidan.