Zidan: “Eng asosiysi - g'alaba”

22 iyun 2020, 07:32
Madridliklar ustozi Zinedin Zidan “Real Sosedad”ga qarshi (2:1) bahsdan so'ng fiklari bilan bo'lishdi.

“G'alaba - eng asosiysi. Oxirigacha kurashdik. “Sosedad” - juda yaxshi raqib, ular juda yaxshi pressing qila oladi. Xames? U har doimgidek bizning futbolchi. Bugun esa asosiy tarkibda maydonga tushdi. Yetakchilik meni xavotirga solmayapti. Oldinda 8 ta final o'yinimiz qoldi. Biz davom etishimiz shart”, - deydi Zidan.

“Real” keyingi turda “Malorka”ni qabul qiladi. O'yin 24 iyunda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As.com