Zidan: "Beyl va Ronaldu himoyada yordam bermadi degan fikrga qo'shilmayman"

Aslanov Jasurbek
8 mar 2017, 13:45
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Napoli"ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvida Garet Beyl va Krishtianu Ronalduning o'yinidan mamnun bo'ldi.

"Beyl va Ronaldu "Real" himoyasiga yordam bermadi degan fikrlarga qo'shilmayman. Ronaldu o'z qanotida orqaga qaytdi. Uchrashuv boshidagi omadsizlik hamma uchun muammo. Ronaldu va Beyl himoyada yordam berishdi" - deydi Zidan.

Ronaldu "Napoli"ga qarshi bahsda himoyadagi harakatlari uchun "Real" futbolchilarini tanqid qilgan ekan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca