Zidan: "Beyl - juda oddiy inson, u bilan yaxshi munosabatdaman"
Aslanov Jasurbek
20 apr 2016, 14:47
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning so'zlariga ko'ra, u va Garet Beyl o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi.
"Beyl "Real" uchun muhim futbolchi hisoblanadi. U bilan yaxshi munosabatdaman, chunki Beyl oddiy inson va kundan-kunga ispan tilini yaxshi o'rganib boryapti. Beyl hali yosh va o'z o'yinini yanada kuchaytirishi mumkin" - deydi Zidan.