Zidan "Bavariya"da ishlashga qiziqmoqda

Оқил Абдубарноев
28 fev 2024
Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Germaniyada ish boshlashi mumkin.

Myunxen klubi fransiyalik murabbiyni Tomas Tuxelning o'rinbosarlaridan biri sifatida ko'rmoqda. Ilgari Zidan til muammosi tufayli Premer-liga klublarida ishlashdan bosh tortgandi, biroq “Bavariya” masalasida u istisno qilishga tayyor – Zidanni ushbu taklif qiziqtirmoqda. 

Yaqinda Bundesliga grandi rahbariyati nemis tilini bilmaydigan mutaxassisni tayinlashda muammo ko'rmayotgani haqida xabar berilgandi. 

Zinedin Zidan 2021 yilda "Real"ni tark etganidan beri ishsiz. Murabbiyga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Kicker