

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik mutaxassis Braziliya, Portugaliya va AQSH terma jamoalarida ishlashni istamagan. U faqat Fransiya terma jamoasida ishlashni xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Zidan 2021 yil "Real"dan ketganidan so'ng boshqa jamoada ishlagani yo'q. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamning shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.


