Juzeppe Marotta: "Totti noto'g'ri gapiryapti"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2014
"Yuventus" prezidenti Juzeppe Marotta "Roma" sardori Franchesko Tottining so'zlarini yolg'on deb atadi.

Eslatib o'tamiz, poytaxt klubi futbolchisi turinliklarga bir necha yil davomida hakam yordam berayotganini ta'kidladi.

"Bu futbolchini juda hurmat qilaman. U hafaligini tushunaman, ammo bunday gaplarni gapirish noto'g'ri. "Yuventus" nohaq jazolandi, shu sababli jamoa g'alabaga munosib edi deya olaman. So'nggi uch yil ichida esa skudettoni mavsum yakunlanishidan ancha oldin olyapmiz va bu shundan dalolatki, jamoamiz boshqalardan ancha ustun" - deydi Marotta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru