
“Tarix nuqtayi nazaridan olib qaraydigan bo'lsak, “Barselona” “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda favorit hisoblanadi, ammo hozir biz bilgan “Barselona” avvalgisiga hech ham o'xshamaydi.
Albatta, ularda Messi bor va u muhim o'yinchi. Bundan tashqari yana bir-ikkita o'yinchilar jamoaga ko'maklashishayapti. Umuman aytganga ayni paytda “Barselona” yomon ahvolda. “Siti”da g'alaba qozonish uchun imkoniyat yuqori”, - deya ta'kidladi Mourinyo.