Joze Mourinyo: “Tottenxem”ga qarshi bahsda “Manchester Siti”ning g'alaba qozonishini istayman”

29 yanv 2014, 14:20
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo premer-liga doirasida bo'lib o'tadigan "Manchester Siti"-"Tottenxem" bahsida “Sitti”ning g'alabasini istayapti.

- “Tottenxem”ga qarshi bahsda “Manchester Siti”ning g'alaba qozonishini istayman va o'shanda biz “shporlar”dan katta farq bilan o'zib ketamiz. Agar “Tottenxem”dan 10 balga va “Manchester Yunayted”dan 12 balga o'zib keta olsak, Chempionlar ligasida ishtirok etishga umid qila olamiz. Shunday ekan bu o'yinda “Manchester Siti” g'alaba qozonsa maqul bo'lardi. Keyingi mavsumdan boshlab esa boshqacha fikrda bo'laman, - Mourinyoning so'zlarini keltiradi ESPN.


Manba: football.kulichki.net