Joze Mourinyo: Men yangi jamoa tuzayapman, bunga vaqt kerak

Narzulla Saydullayev
22 sen 2013, 08:35
Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo APL 5-turidan o'rin olgan Fulxemga qarshi o'yindan (2:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bugungi natija Evertonga qarshi o'yindagidan yaxshi. Biroq menimcha o'tgan o'yinda biz bugungidan yaxshiroq o'ynagandik.

 So'nggi o'n yillikdagi eng yomon start haqida barcha gapirmoqda, men esa jamoam birinchi o'rindaligini ko'rib xotirjam uyquga ketaman.

Men yangi jamoa tuzayapman. Bunda eng qiyini o'yin falsafasini o'zgartirish. Buning uchun ma'lum muddat kerak bo'ladi. Biz yaxshi o'ynay olmayapmiz, ochko yo'qotdik, biroq Angliya premer ligasida barcha ochko yo'qotadi, bundan katta fojea yasash kerakmas.

Hozir hisobimizda 10 ochko bor va biz peshqadammiz, – dedyi Mourinyo.   

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru