Joze Mourinyo: Chelsi g'alaba qozonishga urindi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2013, 08:21
Chelsi ustozi Joze Mourinyo APL 17-turidan o'rin olgan Arsenalga qarshi bahsdan so'ng (0:0) quyidagi fikrlarni bildirdi.
Bu o'yin murabbiylarning taktik jangi bo'ldi. Arsenal g'alaba qozonishni istadi va mag'lub bo'lgisi kelmadi. Chelsi ham zafar quchishga urindi, ammo mag'lub bo'lmoqchi emasdi.

O'yindagi eng xavfli vaziyat bizda bo'ldi. Golni aniqlash tizimi yo'lga qo'yilganidan xursandman, endi hech kim bu borada hakam xato qildi demaydi.

Chex o'yinda deyarli ishtirok etmadi, biz himoyani mustahkam ushladik. Bu o'yinda mag'lub bo'lmasdik juda muhim edi.

Kelajakda bundan yaxshiroq o'ynamoqchimiz. Men jamoani bir yil uchun emas kelajak uchun qurayapman. Bizga yaratuvchan, o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilar kerak. Bazan esa boshqacha falsafa bilan ham o'ynab turish lozim, – deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru