Joze Mourinyo: “Biz hech narsa yo'qotmaymiz ammo “Manchester Siti” ko'p narsa yo'qotishi aniq”

Tolibjon Qosimov
27 yanv 2014, 11:46
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya kubogi doirasida bo'lib o'tadigan “Manchester Siti”ga qarshi o'yinni intiqlik bilan kutayotganini ta'kidladi.

“Yaxshi qur'a bo'ldi. Ushbu mavsumdagi asosiy maqsadimiz o'yinlarimizni mukammal darajaga etkazishdan iborat. Kuchli jamoalarga qarshi o'yin esa bunga imkoniyat yaratadi. 15 kun ichida bizni eng yaxshi klublardan biriga qarshi ikkita o'yin kutib turibdi. Ular barcha raqiblarni deyarli yirik hisobda mag'lub etib kelishayapti. Agar mag'lubiyatga uchrasak - bu eng kuchli klubga qarshi mag'lubiyat bo'ladi. Agar g'alaba qozonsak – bu biz uchun fantastik natija bo'ladi. Biz hech narsa yo'qotmaymiz ammo “Manchester Siti” ko'p narsa yo'qotishi aniq”, - portugaliyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi "ko'klar" rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net