Jizzax viloyatidagi OAV diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
2 mar 2014, 12:40
So'g'diyona PFK uy uchrashuvlarini yoritib boruvchi OAV vakillari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi.
2014 yilgi mavsumdagi So'g'diyona PFKning milliy chempionat va kubok uy uchrashuvlarini Zomin stadionidan yoritib boruvchi OAV vakillari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi. Unga ko'ra Jizzax viloyatidagi OAV xodimlari o'z tashkilotlaridan berilgan guvoxnomalar So'g'diyona PFKning Zomin stadionida o'tkaziladigan milliy chempionat va O'zbekiston kubogi uchrashuvlarida hech qanday kuchga ega bo'lmaydi. Ular faqatgina O'zPFL va So'g'diyona PFK tomonidan berilgan akkreditatsiya xujjatlari orqali stadionga kirishga ruxsat beriladi va  OAV uchun ajratilgan joylarda ishlash huquqiga ega bo'ladilar. Jizzax viloyatidagi barcha OAV vositalari 10 martgacha uchrashuvlarni yoritib boruvchi xodimlari ro'yhatini  va har bir xodimning 3x4 hajmdagi fotosuratlarini ilova qilgan holda So'g'diyona PFKga yuqoridagi muddatgacha topshirishlari so'raladi.

Murojaat uchun:
Tel.: +99891 5988100
e-mail: office@fcsogdiana.uz

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz