Jiru: "Neymar Yevropa futboliga tezda ko'nikib ketdi"

Aslanov Jasurbek
24 mar 2015, 10:44
"Arsenal" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Braziliyaga qarshi o'rtoqlik o'yinidan oldin "Barselona" futbolchisi Neymar o'yini haqida o'z fikrini bildirdi.

"Neymar - Braziliya terma jamoasining yetakchisi. U Yevropa futboliga juda tez ko'nikib ketdi. Braziliyalik o'z mamlakati chempionatida juda yaxshi ishtirok etar edi. Boshqa qita futboliga ko'nikish uchun unga ma'lum muddat kerak bo'lishini hamma bilardi. Neymar Braziliya terma jamoasi va "Barselona" uchun juda muhim futbolchi, undan ehtiyot bo'lishimiz kerak" - deydi Jiru.

Fransiya va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 27 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com