Jerrard: “Biz sovrin uchun da'vogarlardan birimiz”

16 dek 2013, 12:22
“Tottenxem” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng “Liverpul” klubi sardori Stiven Jerrard, ushbu mavsumda uning jamoasi chempionlik uchun kurash olib borishini ta'kidladi.

“Albbatta biz sovrin uchun da'vogarlar qatoriga kiramiz. Ammo oldinda uzoq va mashaqqatli yo'l turibdi. Biz bu yo'lni muvaffaqiyatli bosib o'tsakkina chempionlikka erishishimiz mumkin. Tottenxem ustidan qozonilgan g'alaba esa, bizga keyingi o'yinlarda ham yaxshi ishtirok etishga yordam beradi”, - deydi Jerrard.


Manba: soccer.ru