"Liverpul" futbolchisi Stiven Jerrard jarohati sababli "Beshiktosh"ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa Ligasi o'yinida maydonga tusha olmaydi.
"Jerrard "Beshiktosh"ga qarshi o'yinni aniq o'tkazib yuboradi. Biz uning jismoniy holatini har kuni kuzatib turishimiz zarur", - deydi "qizillar" bosh murabbiyi Brendan Rojers.