Jerom Boateng: "Messi goli payti yiqilganimga o'zim ham kulib yubordim"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2015, 22:00
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng "Barselona"ga qarshi o'yinda Lionel Messining golidan so'ng turli xil hazillarga e'tibor bermaganini aytdi.

"Bu yiqilish menga ta’sir qilgani yo'q. O'zim ham kulib yubordim! Yiqilib tushib, gol o'tkazib yuborish oddiy holat. Bunday vaziyatlar boshqa futbolchilar bilan ham sodir bo'lishi mumkin, bu safar men bilan yuz berdi. Messi jahonning eng yaxshi futbolchisi. Bu futbol, bazan ahmoqqa o'xshab ko'rinasan, ammo bunga e'tibor qaratmaslik kerak" - deydi Boateng.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru