
Braziliyada o'tayotgan ushbu jahon chempionatidagi ikkinchi xet-trikni shveytsariyalik Jyerdan Shakiri amalga oshirdi. Bungacha birinchi turda Germaniya terma jamoasi futbolchisi Tomas Myuller Portugaliya darvozasiga uchta to'p kiritib, xet-trik qayd etgandi. Shakirining xet-trigi esa ushbu chempionatdagi ikkinchisi bo'ldi. Qizig'i, ikkala xet-trik sohiblari ham Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachilari sanalishadi.
Shuningdek, Jyerdan Shakirining ushbu xet-trigi mundiallar tarixidagi 50-xet-trik sifatida tarixdan joy oldi.