Jeparov yana gol urdi, jamoasi g'alabani qo'ldan chiqardi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2014, 13:53
Janubiy Koreya K-ligasida 34-tur uchrashuvlari yakuniga yetib boryapti.
Ushbu turda terma jamoamiz sardori Server Jeparov to'p tepayotgan “Seongnam” klubi safarda “Chunnam Dragons” jamoasi mehmoni bo'lib, so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida Jeparov penaltidan unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan edi. Ammo 85-daqiqada Jong Xo-Li muvozanatni tiklab, mezbonlarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. “Seongnam” 34-turdan so'ng 32 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi. “Chunnam” 46 ochko bilan 7-pog'onadan joy olgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com