
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam Ilva Chunma" klubi safarda "Chonbuk Motors" bilan kuch sinashdi. O'yinda "Seongnam" 3:2 hisobida zafar quchdi, quvonarlisi ushbu o'yinda hamyurtimiz Server Jeparov jamoasining ikkinchi golini urdi. "Seongnam" ayni paytda 25 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi turni 7 iyul kuni safarda "Seul"ga qarshi o'tkazadi.
"Chonbuk Motors" - "Seongnam Ilva Chunma" 2:3
Gollar: Jung In Xvan 67, Li Dong Guk 77 - Lim Chae Min 42, Server Jeparov 65, Choi Eung Seong 80 avtogol.
"Chonbuk Motors" - "Seongnam Ilva Chunma" 2:3
Gollar: Jung In Xvan 67, Li Dong Guk 77 - Lim Chae Min 42, Server Jeparov 65, Choi Eung Seong 80 avtogol.