Jekson Martines Milan, MYU va Sitidan birini tanlaydi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2015, 10:00
Portu hujumchisi Jekson Martines juma kuni o'z kelajagini hal qiladi.
28 yoshli kolumbiyalik futbolchiga Milan, Manchester Yunayted va Manchester Siti kabi klublar qiziqishmoqda.

Martinesga Manchester klublari kattagina maosh taklif qilishmoqda.

Oldinroq, Martines Portuni 35 million evro evaziga tark etishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

Uch mavsumda Portugaliya chempionatida 90 ta o'yinda Jekson Martines 67ta gol urdi va 9ta golli pas oshirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru