JCH-2014da jurnalistlarga o'g'irlik paytida qarshilik ko'rsatmaslikni maslahat berishdi

Tolibjon Qosimov
4 iyun 2014, 15:23
Xalqaro sport matbuoti assotsiatsiyasi (XSMA) Jahon chempionatini Braziliyadan yoritadigan jurnalistlarga eslatma e'lon qildi.
“XSMA”ning rasmiy saytidagi eslatmada, jurnalistlar o'zlari bilan ortiqcha pul va qimmatbaho buyumlar olib yurmaslik va ularni jinoyatchilar tunayotgan paytda qarshilik ko'rsatmaslik maslahat berilgan. Ko'chada telefon ishlatmaslik, quloqchinlar bilan musiqa eshitmaslik va o'ta ehtiyotkor bo'lish maslahat berilgan.

Ularga yana bank plastik kartochkalarini ham olib yurmaslik va  pasportning original nusxasini emas, uning nusxasini olib yurish maslahat berilgan.

Assotsiatsiya eslatmasida transportda o'z buyumlariga ehtiyot bo'lish, mehmonxonada begonalarga eshik ochmaslik va internet “jinoyatchi”larining qurboniga aylanmaslik uchun “Wi-Fi” tarmog'idan kamroq foydalanish ham yozilgan.

“XSMA” taksining orqa o'rindig'ida shaxsiy kompyutyerdan foydalanishni maslahat bermaydi. Shu bilan birga qorong'u tushgandan so'ng plyajga bormaslik maslahat berilgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com