JCH-2014. Xames Rodrigez to'purarlar poygasida yakka peshqadam

29 iyun 2014, 03:45
Braziliyada o'tayotgan mundialda to'purarlar poygasi ham ancha qizg'in tarzda kechmoqda.

Ushbu jahon chempionatida to'purarlar bahsida ham raqobat ancha kuchaygan. Kolumbiya - Urugvay bellashuvida ikki bor raqib darvozasini nishonga olgan Xames Rodrigez jami 5 marotaba to'p kiritib, goledorlar bellashuvida yakka peshqadamga aylanib oldi. Xames Rodrigez to'rt o'yinda besh bor raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Undan keyingi o'rinlarda Neymar, Messi va Myuller kabi charm to'p ustalari borishmoqda. Ular hisobida to'rttadan gol mavjud.

Shuningdek, gollandiyalik ikki futbolchi Robin van Persi, Aren Robben hamda shveytsariyalik Jyerdan Shakiri hisoblarida uchtadan gol bor.


Manba: championat.asia